Xo’jaligimizning rivojlanish tarixi

1998

Boshlang

Bundan 15 yil oldin Pioner qishlog’i qarovsiz bo’lib qolgan. Bu qishloqning taqdiri “Almali”, “Kulbash”, “Urnyak” qishloqlarning ayanchli taqdiriga o’xshab qolish ehtimoli juda katta edi.  Safiullin Vazix Lotfullovich, uning o’g’li Ayrat va akalari Niyaz va Ramil Safiullinlar bir necha yillardan beri ajdodlarining vatani bo’lgan Pioner qishlog’ini qayta tiklash bo’yicha ko’p ishlarni amalga oshirishmoqda

Bu qishloq Arsk viloyatida “Kirlay” qishlog’ining orqasida, 5 km lik qishloq yo’li ustida joylashgan. Qachonlardir bu yerlarda klub, do’kon va boshlang’ich maktab bo’lgan. Mahalliy xo’jalikda juda ko’p qo’ylar va tovuqlar boqilgan.  Ammo o’tgan asrning 70-yillarida qishloq istiqbolsiz bo’lib qolgan. Shundan keyin bu qishloqning ahvoli kun sayin og’irlashib borgan. Eng qiyin 90-yillarda esa Pioner qishlog’ida atigi bittagina odam istiqomat qilgan

— “Bilasizmi, qishlog’imizni bunday ahvolda ko’rish biz uchun juda qiyin edi”, - dedi Ayrat  Safiullin. – “Qarovsiz qolgan uylar, kimdir ularni o’tin uchun buzib tashladi, elektr energiya yo’q, hamma joyda gazanda o’t, supurgi o’t, shuvoq o’sib chiqgan. Mening ota-onam Pioner qishlog’dan, shuning uchun barcha yaxshi xotiralar shu qishloq bilan bog’liq.  Bolalikdagi  ta’tillarimni men shu yerda o’tkazganman.”

2003

Qishloqlarni tiklash

Birinchi bo’lib Safiullinlar otalari Ayrat Safiullinning eski uyi o’rniga yangi uy qurishdi.  Xuddi o’sha eski uy kabi, faqat yangisini barpo etishdi. Mana shu qurilish yuksak ishning boshi edi. 2003-yil… Keyin hudularni gaz bilan ta’minlash respublika dasturi bo’yicha gaz o’tkazishdi. Elektr ta’minoti qayta tiklandi, markazlashtirilgan suv ta’minoti qurildi. Qishloq hayoti qayta tiklana boshladi. 

2004

“Safiullin” qishloq-fermer

Chorva mollarisiz qishloq – yetim qishloqdir. Aka-uka Safiullinlar 2004-yilda “Safiullin” qishloq-fermer xo’jaligni tashkil etishdi. Boshida bu xo’jalikda g’ozlar, quyonlar boqishgan. Keyinchalik qo’shni Baltasinsk viloyatidan bir nechta qo’ylarni olib kelishdi. Ammo xo’jalikdagi jonlik yangi joyda ko’nikib ketmadi. Ammo bu holat Ayrat Safiullinni to’xtatmadi. U Moskvadagi qishloq-xo’jalik yarmarkasidan Romanov qo’ylarining butun bir oilasini 6 ta qo’zichoqlari bilan birga olib keldi. Qishloq-fermer xo’jaligining chorvachilik uchun mo’ljallangan joylarida otlar va gereford mollari yozilgan bo’lsa ham, ular jufttuyoqli sutemizuvchilarni tanlashgan. Ular dag’al juni va baland mahsulgorligi bilan ajralib turishadi.

2005

PX Pioner MChJ

Romanov qo’ylarining yetishtirish usullarini o’rganish maqsadida fermerlar Yaroslavl va Ivanovo viloyatlarining genofond xo’jaliklari bilan hamkorlikni yaxshilashdi. 2005-yilda esa Uglich tumanining “Rodina” Qishloq Xo`jaligi Mahsulotlarini ishlab chiqarish kooperatividan  18 bosh Romanov qo’ylari olib kelindi. O’sha paytda  MChJ “Pioner” tuzildi va uning rahbari Ayrat  Safiullinning o’zi bo’ldi. 

2009

Chorva mollari ko

MChJ “Pioner” qo’ylarni ko’paytirishda yangi muhit hayvonlarning unumdorligiga ta’sir etishini inobatga olishdi. Seleksiya ishlarining boshida birinchi navbatda alohida e’tibor hayvonlarning yangi sharoitga moslanishiga qaratildi. Keyinchalik serpushtlilikka ahamiyat berishdi.  2009-yilda sotib olib o’rnatilgan “ROMSEL” electron seleksion dasturi nihoyatda qulay keldi. 

2020

Rossiyadagi eng yaxshi fermalardan biri

MChJ “Pioner” bir necha yil ichida tug’ilgan qo’zichoqlardan katta qo’y podasini tuzishga erishdi. Hozirgi kunda MChJ “Pioner” da 1 ming bosh Romanov qo’ylari boqiladi. Bundan tashqari, zotdor hayvonlarni yetishtirish respublika dasturi bo’yicha har yili yuzlab Romanov qo’ylari yetishtiriladi. Barcha hayvonlar zotdorlik va veterinar dalolatnomasiga ega. 

Aytib o’tish lozimki, xaridorlar juda ko’p. Hozirgi kunda navbat  ikki yilga oldin yozilyapti.  Buyurmalar nafaqat Rossiya viloyatlaridan, balki boshqa mamlakatlardan ham kelyapti. Buning ajablanadigan joyi yo’q! Chunki hozirgi kunda Pioner Rossiya Qo’ychilik Uyushmasi tarkibiga kiradi va Romanov qo’ylarini yetishtirish bo’yicha Tatarstonning yagona naslchilik xo’jaligi hisoblanadi. Bunga o’xshash xo’jaliklar qo’shni Samara, Ulyanovsk, Kirov viloyatida ham, Udmurtiya, Mariy el va boshqa viloyatlarda ham yo’q. Boshida esa Pioner fermerlariga hech kim ishonmadi ham. “Qo’ychilikda kuyasizlar” deyishgan edi. Xattoki Arsk viloyatining rahbari ham xo’jalikning kelajagi to’g’risida shubhalangan edi, lekin gumonlariga qaramasdan “qishloqni tiklash” dasturini qo’llab-quvvatlagan.

Buyurtma qoldirish

Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga roziman

Aloqa ma'lumotlari

Qo’shimcha telefon:
Elektron pochta: