Tarixiy “Aberdin-angus” zoti

Историческая порода «Абердин-ангус»

“Aberdin-angus” XVII asrda Shotlandiyaning Aberdin va Angus grafliklarida yetishtirilgan qadimgi buqa zoti. Avvallari bu zotli mollarni yerni haydash uchun ishlatganlar.  Ularning go’shti qattiq va chandirli bo’lganligi tufayli yeyilmagan. XIX asrning ohirlarida anguslar AQShning Kanzas shtatiga olib kelingan va shu yerda ularning zoti yaxshilangan. Bu yerda hayvonlarning tez yetiluvchanligi asosiy sabab bo’lgan. XX asrda esa anguslar eksportga chiqarilgan. Ular Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada va Argentinaga eksport qilingan. Rossiyaga esa Aberdin-angus qora mollari o’tgan asrning 50-yillarida kelgan. 

Zotning tavsifi

Aberdin-angus buqasi qora rangi va shoxsizligi bilan ajralib turadi. Hayvonlar ixcham o’lchamlarga ega – mollarning yag’rini  ba’zida 118 sm gacha bo’ladi. Boshqa zotlar bilan chatishtirganda buzoqchalar qora rangli va shoxsiz bo’lib tug’iladi. Aberdin-anguslar quyidagilar bilan farqlanadi:

  • Kichkina boshi, chiqib turgan peshanasi, tor ensali va kalta tumshuqli;
  • Chandir yelkaga o’tgan kalta, qalin bo’yinli;
  • Chuqur va keng ko’krakli;
  • Dumaloq, mushaklari yaxshi rivojlangan, mayin tuklar bilan qoplangan teri, yag’rini va orqasi to’g’ri, tog’ri belli va dumg’azali;
  • Qo’l-oyoqlari qisqartirilgan;
  • Teri qoplami yupqa.

Anguslar tez o’suvchanlik qobiliyatiga ega. Bo’yi keraklicha o’sgandan keyin, tez vazn olishni boshlaydi. Juda tez semirib ketadilar. Aberdin-angus go’shtli zot. Sut berish qobiliyati juda past. 

Mahsuldorligi

Yangi tug’ilgan buzoq jinsiga qarab 22-28 kg cha bo’ladi. Buzoqchalar kun sayin emas, soat sayin o’sishadi. Yarim yillik bo’lganlarida ularning vazni 180 kg cha yetadi. Bir sutkada 1kg, ba’zida ko’proq vazn olishadi. Katta mollar: sigirlar 550 kg gacha, buqalar 950 kg gacha vaznga ega bo’lishadi. Bo’rdoqiga qo’yilgan buqaning vazni 1 tonnagacha yetishi mumkin. Anguslarning skeleti yupqa va yengil. Shuning uchun bitta so’yilgan hayvondan 70% gacha mahsulot olish mumkin. Ularning marmar go’shti – yupqa tolali, to’g’ri taqsimlangan yo’g’ qatlamli, mayin, xushbo’y va ajoyib ta’mli go’sht hisoblanadi. 

Ijobiy tomonlari

Aberdin-angus zoti ko’p afzalliklarga ega:

  • Turli iqlim sharoitlariga tez moslanib oladilar;
  • Angus zotini boshqa sut beruvchi zotli mollar bilan chatishtirganda paydo bo’ladigan mollar nafaqat angus zotining belgilarini o’zida mujassam etadi, balki yaxshi sut berish qobiliyatiga ham ega bo’ladi;
  • Anguslarning marmar go’shti xushbo’y va ajoyib ta’mli go’sht hisoblanadi va ko’plab mamlakatlarda tansiq taom sifatida qadrlanadi;
  • Urg’ochi anguslar tez balog’at yoshiga yetadilar va tez bolalaydilar;
  • Anguslar xushfe’l va qobil;
  • Anguslarning terisi juda chiroyli sanaladi va  sumka ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

Anguslarni boshqa  mollar bilan chatishtirganda, qimmatli nasl vakillari paydo bo’ladi.

Buyurtma qoldirish

Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga roziman

Aloqa ma'lumotlari

Qo’shimcha telefon:
Elektron pochta: