Romanov qo’ylari – Rossiya qo’ychiligining faxr-iftixoridir. Ular mamlakatning ko’plab hududlarida yetishtiriladi va bu zot qo’ychilikda yetakchi hisoblanadi. Romanov zotli qo’ylarning paydo bo’lishiga Pyotr I ning o’rni beqiyos. U mahalliy qo’ychilikni rivojlantirish maqsadida Sileziyadan ikkita qo’ychini keltirgan. Ilk Romanov zotli qo’ylar 1802-yilda Yaroslavl guberniyasida yetishtirilgan. Romanov zotli qo’ylarning mashhurligi ikki yuz yil ichida o’z yuksalib bormoqda. Ular nafaqat Rossiya qo’ychilari orasida qadrlanadi, balki romanov qo’ylarini ko’plab mamlakatlarda boqib yetishtirishadi.
Romanov zotli qo’ylarning tavsifi
Ilgari qo’ychilik Rossiyaning janubiy hududlarida, jumladan, Shimoliy Kavkazda tarqalgan. Romanov zotli qo’ylar o’zining turli iqlim sharoitlariga, shu jumladan sovuq hududlarga tez moslanib olishi bilan ajralib turishadi. Shuning uchun Romanov qo’ylari nafaqat O’rta chiziqda, balki shimoliy hududlarda, ya’ni Ural, Sibir, Oltoy, Kamchatkalarda ham o’zlarini qulay his qilishadi. Qo’ylarning juni yozda – issiqdan, qishda esa – sovuqdan ularni himoya qiladi. Ular -30 darajali sovuqqa chiday olishadi.
Romanov qo’ylari tez o’sib, tez vazn orttirishadi. Qo’zichoqlarning 3 oyligidagi og’irligi 18-20 kg, 7-9 oyligida esa 35-45 kg ga yetadi. 4 oyligida balog’at yoshiga yetishadilar, lekin ularning vazni 40 kg ga yetgandan keyin ularni urug’lantirishadi.
Romanov qo’ylari quyidagilar bilan ta’riflanadi:
- Keng ko’krakli;
- Orqasi to’g’ri
- Mustahkam tanali
- Baquvvat va to’g’ri oyoqli
- Og’ir suyakli
- Mushaklari yaxshi rivojlangan
- Tik quloqli
- Yumaloq tanali
- Kichkina cho’zinchoq kallali
- Kalta dumli
Qo’ylar shoxli va shoxsiz bo’lishi mumkin. Qo’chqorlarning vazni 60-80 kg gacha, qo’ylarning vazni esa 45-60 kg, ortig’i bilan 90 kg gacha yetishi mumkin.
Ijobiy tomonlari
Romanov qo’ylarining ijobiy tomonlari juda ko’p. Ular quyidagilar bilan farqlanadi:
- Poliestriklik. Bu xususiyati tufayli bir yilda ikki marta yoki ikki yilda uch marta nasl berishadi;
- Tez yetishlilik. Pomanov qo’ylari 6 oy ichida 40 kg gacha vazn orttirishi mumkin;
- Serpushtlilik. Bir vaqtning o’zida 1 tadan 9 tagacha qo’zichoqlar tug’ilishi mumkin;
- Yuqori sifatli qo’y terisi. Undan issiqlikni tutadigan, chiroyli, baquvvat va yengil mahsulotlar ishlab chiqariladi. 6-8 oylik qo’zichoqlarning terilari yuqori qadrlanadi;
- Ularning go’shti mayin, mazzali va parhezlidir.
Mahsulotlar
O’zining serpushtliligi tufayli Romanov qo’ylari go’sht ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi o’rinni egallaydi. Bitta qo’y bir yilda 100 kg gacha go’sht olish mumkin. 40 kg li qo’zichoq tanasidan 20 kg gacha go’sht olish mumkin. Romanov qo’ylari jun berish bo’yicha ham oldingi o’rinni egallaydilar. Bir qo’ydan bir yilda 1,5 kg dan 3,5 kg gacha jun olish mumkin. Romanov qo’ylarining juni – yuqori sifatli jun sanaladi. Junining tarkibida ko’p miqdorda tivit mavjudligi bilan qadrlanadi. Undan jun iplari va sifatli jun kiyimlari ishlab chiqariladi.
Romanov qo’ylaridan sut mahsulotlari olinmasa ham, lekin kelajakda bu sohani rivojlantish ko’rib chiqilmoqda. Ularning suti juda yog’li hisoblanadi (6,8 % dan 8 % gacha). Bu sutdan kam xarajatli, yuqori sifatli pishloqlar tayyorlanadi. Bitta qo’y 3 oy ichida 120 litrgacha , ba’zida esa 150 litrgacha sut berishi mumkin.